Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Jyekson eng badavlat marhum yulduzlar reytingiga yana yetakchilik qilmoqda
2009 yilda vafot etgan “pop-musiqa qiroli” Maykl Jyekson marhum yulduzlardan eng serdaromadi bo‘lib qolmoqda.
Forbes nashri talqiniga ko‘ra, Jyekson eng badavlat marhum yulduzlar ro‘yxatiga 7 yildan beri yetakchilik qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, marhum qo‘shiqchi hisobot yili davomida 60 mln dollar “ishlab topgan”. Jyeksonning qo‘shiqlari tinglanishi soni borgan sari oshib bormoqda: 2018 yilda uning qo‘shiqlari 1,8 mlrd marta tinglangan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 2,1 mlrd martaga yetgan.
Eng badavlat marhum yulduzlar reytingining 2-o‘rnini “rok-n-roll qiroli” Elvis Presli 39 mln dollarlik daromad bilan egallagan.
3-o‘rinni Snupi iti obrazini yaratgan hajvchi rassom Charlz Shuls 38 mln dollar bilan egalladi.
Keyingi o‘rinlarni golfchi Arnold Palmer, qo‘shiqchi Bob Marli (20 mln dollar), yozuvchi Doktor Syu, “Bitlz” guruhi a'zolari Jon Lennon (14 mln dollar) va Jorj Xarrison (9 mln dollar), aktrisa Merilin Monro (13 mln dollar), qo‘shiqchilar Prins (12 mln dollar) va Uitni Xyuston egallagan.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026