Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov va Vladimir Norovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda 1 noyabr kuni ochiladigan Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kun tartibiga kiritilgan ShHT doirasidagi hamkorlikning hamda tashkilotda O‘zbekiston amaliy ishtirokining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bundan oldin, O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonovning ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Tomonlar ShHTga a'zo mamlakatlar, jumladan, XXR bilan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ular qatorida ko‘mir va tabiiy gazni chuqur qayta ishlash uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025