O‘zbekiston | 11:42 / 01.11.2019
44004
2 daqiqa o‘qiladi

Banklarda ish haqi to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda tijorat banklarining xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bonusli tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.

Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilandi:

kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;

tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimini joriy etish;

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o‘qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta'minlash;

tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta'minlash;

o‘qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko‘nikmalarni shakllantirish;

biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;

bank mutaxassislari, o‘qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy banklarda va ta'lim muassasalarida o‘qitish hamda stajirovkadan o‘tkazish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid