O‘zbekiston | 10:44 / 01.11.2019
142032
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

3-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural tumanlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar beryapti.

3 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4-5 noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorati 8-13 darajagacha iliq, mamlakat shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 darajagacha iliydi.

Mavzuga oid