O‘zbekistonda oktabr oyidagi inflatsiya darajasi ma'lum bo‘ldi
2019 yilning oktyabrida o‘rtacha iste'mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,5 foizni tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-oktabr oylari davomida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 11,4 foizga qimmatlashdi.
2018 yilning oktabr oyiga nisbatan respublika iste'mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,3 foizga oshgan.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning oktyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 1,3 foizga, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foizga, 2017 yilning oktyabriga nisbatan esa 16,3 foizga qimmatlashgan.
O‘rtacha oylik narx indekslari o‘sish sur'atining hisoblanish tartibiga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-oktabr oylari davomidagi iste'mol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018 yilning yanvar-oktyabrida esa 0,9 foizni tashkil etgan. Shunday qilib, oktabr oyi davomida umumiy iste'mol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-oktabr oylaridagi o‘rtacha oylik o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan 0,4 darajaga yuqori bo‘ldi.
2019 yilning yanvar-oktabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori o‘sishi va pasayishi avgust (o‘sish sur'ati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik iste'mol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkichning eng yuqori o‘sishi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayishi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan.
O‘tgan oyga nisbatan avgust oyidagi umumiy iste'mol narxlari indeksi nafaqat joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomidagi, balki 2018 yilning yanvaridan 2019 yilning oktabr oyigacha bo‘lgan davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib sanaladi.
2019 va 2018 yillarning o‘n oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy iste'mol narxlari indeksi taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyida (2019 yildagi 2,9 foizga qarshi 2018 yildagi 0,3 foiz), oktabr oyidagi farq esa bor yo‘g‘i 0,2 darajani tashkil etgan (2019 yil oktyabrdagi 1,5 foizga qarshi 2018 yil oktabr oyidagi 1,3 foiz).
O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019 yillarning birinchi o‘n oyi davomidagi iste'mol narxlari indeksi natijalariga asosan, yanvar oyidan iyul oyiga qadar ko‘rsatkichlar orasidagi tafovut avgust, sentabr va oktabr oylari o‘rtasidagi farq kabi ahamiyatli emas edi. Shunday qilib, birinchi yetti oylik ko‘rsatkichlar orasidagi diapazon yanvar oyida qayd etilib (2,7 foizga qarshi 1,5 foiz yoki 1,2 darajada), avgust oyiga kelib farqlanish darajasi 2,0 darajani (6,2 foizga qarshi 8,2 %), sentabr oyida 1,6 darajagacha pasayib (9,7 foizga qarshi 8,1 foiz), oktabr oyida yana 1,9 darajagacha ko‘tarilgan (11,4 foizga qarshi 9,5 foiz).
O‘tgan yilning mos oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan joriy yilning oktabr oyida yillik umumiy iste'mol narxlari indeksi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 darajaga ko‘tarilgan. Bunda, joriy yilning ilk yetti oyi davomida kuzatilgan nisbiy barqarorlikdan so‘ng avgust oyida u sezilarli darajada ko‘tarilib (13,5 foizdan 16,5 foizgacha), sentabr oyida esa biroz pasayish holati qayd etilgan (16,0 foizgacha).
So‘nggi o‘tgan 22 oy davomidagi yillik umumiy iste'mol narxlari indeksida qayd etilgan yuqori ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolgan: eng minimal ko‘rsatkich 2019 yilning yanvar oyida (13,0 foiz), maksimali esa 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgan (20,1 foiz).
Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishiga ko‘ra, 2019 yilning oktabr oyi natijalariga asosan, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,8 foizga oshgan vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari bor yo‘g‘i 0,7 foizga, xizmatlar narxlari esa 0,4 foizga qimmatlashgan.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning oktabr oyida narxlarning ko‘tarilishi borasidagi yetakchi pog‘ona oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegishli bo‘lib, oy davomida narxlar o‘rtacha 2,3 foizga qimmatlashgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari o‘sish sur'ati 0,5 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
08:10 / 02.11.2024