Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat qarzi yangi rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
AQSh davlat qarzi 23 trillion dollardan oshib, navbatdagi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar berdi.
Bu summadan 17 trln dollari fuqarolar va moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri kelib, qolgan 6 trln dollar federal hukumatning turli muassasalari o‘rtasidagi qarzlarni aks ettiradi.
Donald Tramp prezident lavozimiga kirishganda davlat qarzi 20 trln dollardan kamroq bo‘lgan, biroq federal budjet taqchilligi sababli jadal sur'atlar bilan osha boshlagan.
Joriy yilda AQSh davlat budjeti taqchilligi 3 trln dollarga yaqinni tashkil qilgan. Xalqaro valuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, yaqin yillarda AQSh davlat qarzi 30 trln dollarga yetadi.
Mavzuga oid
15:49
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28
Tramp dorilarga chegirmalar taklif qiluvchi saytni ishga tushirdi
12:25