Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» durang o‘ynadi va «Barsa»dan o‘tib keta olmadi
Ispaniya La Ligasining 12-turida «Real» o‘z maydonida «Betis»ni qabul qildi va raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Shu tariqa «Real» ochkolarini 22taga yetkazib, «Barselona»ga yetib oldi. Ammo to‘plar nisbati bo‘yicha Kataloniya klubi 1-o‘rinda turibdi. «Betis» esa 13 ochko bilan 14-o‘ringa joylashdi.
«Sevilya» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda ham g‘olib aniqlanmadi. Franko Vaskesning goliga madridliklardan Alvaro Morata javob berdi. «Matraschilar» g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi, ammo Diyego Kosta penaltidan foydalana olmadi.
La Liga, 12-tur
Real - Betis 0:0
2 noyabr, «Santyago Bernabeu»
Real: Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kroos, Modrich, Azar, Kazemiro, Rodrigo (Vinisius, 65), Benzema (Yovich, 85)
Betis: Robles, Bartra, Emerson, Feddal, Moreno (Barragan, 90+4), Fekir (Guterres, 90+6), Guardado, Sidney, Kanales, Mandi, Moron (Iglesias, 74).
Ogohlantirishlar: Bartra (11), Kazemiro (39), Robles (64), Feddal (74), Mendi (80), Guardado (85).
Sevilya – Atletiko 1:1
2 noyabr, «Ramon Sanches Pisxuan»
Gollar: Vaskes (28) – Morata (60).
Amalga oshirilmagan penalti: Kosta (72).
Sevilya: Vatslik, Diyego Karlos, Regilon, Kunde, Navas, Gudel, Vaskes, Oliver Torres (Jordan, 57), Banega (Poso, 86), Okampos, de Yong (Ernandes, 77).
Atletiko: Oblak, Felipe, Ermoso, Lodi (Errera, 78), Tripper (Aryas, 46), Lemar (Kosta, 46), Saul, Tomas, Koke, Korrea, Morata.
Ogohlantirishlar: Lodi (27), Parti (34), Vaskes (39), Oliver Torres (40), Jordan (79), Korrea (80), Gudel (87).