Jahon | 22:13 / 04.11.2019
2491
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari 48 soatlik ish tashlash o‘tkazishadi

Aviakompaniya rahbariyati ish tashlashni taqiqlash uchun yuridik imkoniyatlarni tekshirib ko‘rishini e'lon qildi.

Germaniyaning Ufo kasaba uyushmasi Lufthansa aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari 48 soatlik ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qildi.

Kasaba uyushmasining xabariga ko‘ra, aksiya 7 noyabr kuni 0:00da boshlanadi va 48 soat davom etadi.  

Ish tashlashga kompaniyaning xodimlar bilan tariflar bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rad etgani sabab bo‘lgan. 

Aviakompaniya rahbariyati ish tashlashni taqiqlash uchun yuridik imkoniyatlarni tekshirib ko‘rishini e'lon qildi.

Kasaba uyushmasi oxirgi marta 2015 yilda norozilik aksiyasi o‘tkazgandi. Ufo ushbu sohaning 30 mingga yaqin xodimini o‘zida birlashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid