Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda norozilik namoyishlari sababli internet uzib qo‘yildi
Foto: AP Photo/Khalid Mohammed
Iroqda poytaxt Bag‘dod va ko‘plab boshqa hududlarda mamlakatda tartibsizliklar kuchayayotgani sababli internet to‘liq uzildi. Bu haqda NetBlocks nohukumat tashkiloti saytida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Bag‘dod, Basra, Karbala va boshqa shaharlarning o‘n millionlab aholisi internetsiz qolgan. Internetning uzilishi norozilik namoyishlari boshlangandan keyin mamlakatdagi eng katta ko‘lamlisi bo‘ldi.
1 oktyabrda Iroqda yomon turmush sharoitlari, ishsizlik darajasi yuqoriligi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar boshlangandi. Bag‘dod va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqqan odamlar bosh vazir Odil Abdul Mahdiy boshchiligidagi hukumatning iste'foga chiqishini talab qilishgan. Bir qator joylarda, jumladan Bag‘dodda namoyishlar ommaviy tartibsizliklar va kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. 2 oktyabrda Bag‘dodda internet to‘liq to‘silgan va 11 oktyabrga kelibgina tiklangan. Al Sumaria telekanali internetning o‘chirilishi Iroqqa deyarli 1 mlrd dollarga aylanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026