Suriyada al-Bag‘dodiyning opasi ushlangani ma'lum qilindi

Foto: Marina Lysseva/TASS
Suriyada IShIDning yaqinda yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avaz ushlandi. Bu haqda turk amaldoriga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 65 yoshli Avaz IShID bilan aloqalarda ayblanmoqda. U 4 noyabr oqshomidagi reyd vaqtida treyler konteynerida aniqlangan. Ayol Suriyaning Halab viloyatidagi Azaz shahri yaqinida oilasi bilan birga yashagan. Bu hudud hozirda Turkiya nazoratidagi hudud hisoblanadi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Avaz bilan birga uning turmush o‘rtog‘i, kelini va 5 farzandi ushlangan. Oilaning balog‘atga yetgan a'zolari so‘roq qilingan. Manba al-Bag‘dodiyning opasi razvedkaga foyda keltirishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
“Bunday narsalar – razvedka uchun noyob topilmadir. U IShID haqida biladigan ma'lumotlar guruh haqidagi tasavvurimizni kengaytirishi va ko‘proq terrorchilarni ushlashimizda yordam berishi mumkin”, deb aytgan turkiyalik amaldor.
Avvalroq IShIDning sobiq yetakchisi al-Bag‘dodiy amerikalik harbiylarning maxsus reydi davomida yo‘q qilingandi. Keyinroq IShID o‘z yetakchisi o‘lganini tan olgan va uning o‘rniga yangi yetakchi tayinlaganini e'lon qilgan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

14:23 / 13.03.2025
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025