Turkistonda «Bir yo‘l – bir tarix» turistik forumi boshlandi
Qozog‘istonning Turkiston shahrida «Turkiston: bir yo‘l – bir tarix» xalqaro turistik forumi va hunarmandlar festivali o‘tkazilmoqda.
4 noyabr kuni yirik tadbir Turkiston shahrining madaniyat uyi konferensiya zalida bo‘lib o‘tdi. Unda 16 davlatning 300 nafardan ortiq turizm sohasi vakillari ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Forumda Qozog‘iston rasmiylari qatorida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Oqqulov nutq so‘zladi.
Xalqaro forumdan ko‘zlangan maqsad – turistik hakmkorlikni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish, Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Turkistonning turistik imkoniyatlarini kengaytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani jalb etishdir. Tadbirning O‘zbekiston uchun ahamiyati shundaki, unda turizmning turli yo‘nalishlarida manfaatli memorandumlar imzolandi.
Forum doirasida 4-5 noyabr kunlari «Silk Road Crafsman – 2019» xalqaro hunarmandlar festivali o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston, Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston kabi mamlakatlardan 200dan ortiq hunarmandlar qatnashishadi. Yarmarka hunarmandchilik an'analari saqlanishi va yanada keng yoyilishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
12:25 / 26.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib beradi
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
12:47 / 22.11.2024