Vitaliy Klichkoga qarshi davlatga xiyonat ayblovi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning ikki o‘rinbosariga qarshi davlatga xiyonat va pul o‘g‘irlash ayblovlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “Ukrainskiye novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Kiyev shahar kengashi deputatlari Klichkoni Kiyevdagi Shulyav ko‘prigini rekonstruksiya qilishda hokimiyatni suiiste'mol qilish va mablag‘larni o‘g‘irlashda ayblashgan. Ta'kidlanishicha, deputatlar shikoyatida Klichko shahar ma'muriyati a'zolari va ko‘prikni rekonstruksiya qilgan korxona mansabdor shaxslari bilan birga budjet mablag‘larini belgilangandan ko‘proq miqdorda qo‘llagan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, deputatlar Klichkoni jismoniy shaxslarning poytaxt mablag‘lari hisobiga noqonuniy boyishlarida ko‘mak ko‘rsatishda gumon qilishmoqda.
Deputatlarning fikricha, Klichkoning aybi bilan Kiyev betartib qurilishlar, transport kollapsi, yomon ekologiya va eskirib qolgan uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
14:32 / 20.12.2024
Yevroittifoq Kiyevga qo‘shimcha 30 mlrd yevro ajratmoqchi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
08:50 / 11.12.2024