Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongolik «Terminator» insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun 30 yilga qamaldi
«Terminator» laqabi bilan tanilgan 46 yoshli Bosko Ntaganda ayblovning 18ta punkti bo‘yicha aybdor deb topildi.
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) kongolik isyonchilarning sobiq yetakchisi Bosko Ntagandani harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
«Terminator» laqabi bilan tanilgan 46 yoshli Ntaganda qotillik, zo‘rlash, odamlarni shahvoniy qullikka majburlash, bolalardan askar sifatida foydalanish kabi ayblovning 18ta punkti bo‘yicha aybdor deb topildi.
Ntaganda 1973 yilda Ruandada tug‘ilgan. U o‘smirlik vaqtida o‘zi mansub bo‘lgan tutsi qabilasi qatliomga uchraganidan so‘ng Ruandadan Kongo Demokratik Respublikasiga qochib ketgan. 17 yoshida "harbiy faoliyat"ini boshlagan Ntaganda isyonchi ham, Ruanda va Kongo askari bo‘lishga ham ulgurgan.
The Global Post nashrining ma'lumotiga ko‘ra, u «Terminator» laqabini urushlarni, xususan, oldingi safda jang qilishni yoqtirgani uchun olgan.
Mavzuga oid
21:30 / 19.05.2026
Kongoda Ebola virusidan vafot etganlar soni 131 nafarga yetdi
15:09 / 17.05.2026
Kongoda yana Ebola virusi tarqaldi: JSST «global favqulodda vaziyat» e’lon qildi
11:25 / 01.10.2025
Kongo DR sobiq prezidenti Kabila sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:55 / 20.08.2025