Sport | 00:55 / 07.11.2019
10473
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «Yuventus» va «Bavariya» muddatidan avval pley-offga chiqdi

Yevropa Chempionlar Ligasida 4-tur o‘yinlari davom etmoqda. 

V guruhi peshqadami «Bavariya» o‘z maydonida «Olimpiakos»ni Levandovski va Perishichning gollari evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

D guruhida «Yuventus» mehmonda «Lokomotiv»ga qarshi bahs yuritdi. Birinchi bo‘limda Aaron Remzining goliga maydon egalaridan Aleksey Miranchuk javob bergandi. Ammo o‘yinning 93-daqiqasida Duglas Kosta gol urib, Turin klubiga navbatdagi 3 ochkoni keltirdi.

Shu tariqa «Bavariya» va «Yuventus» muddatidan oldin pley-offga chiqish masalasini hal qildi.

YeChL, 4-tur, 6 noyabr

V guruhi

Bavariya – Olimpiakos 2:0
Gollar: Levandovski (69), Perishich (89).
Bavariya: Noyyer, Pavar, Kimmix, Alaba, Martines, Devis, Goretska (Tolisso, 82), Gnabri (Perishich, 88), Koman (Koutino, 90+1), Levandovski, Myuller. 
Olimpiakos: Joze Sa, Tsimikas, Elabdellaui, Merya, Ruben Semedu, Buxalakis (Valbuena, 71), Gilerme, Ranjyelovich (Masuras, 61), Kamara, Podense (El-Arabi, 80), Gerrero. 

D guruhi

Lokomotiv – Yuventus 1:2
Gollar: Miranchuk (12) – Remzi (4), Duglas Kosta (90+3).
Lokomotiv: Gilerme, Ignatev, Xyovedes, Chorluka, Ribus, Joau Mariu (Kolomeytsev, 85), Barinov, Miranchuk, Krixovyak, Jyemaletdinov (Murilo, 81), Eder. 
Yuventus: Shchensni, Sandro, Rugani, Danilo, Bonuchchi, Xedira (Duglas Kosta, 70), Pyanich, Rabo, Remzi (Bentankur, 64), Iguain, Ronaldu (Dibala, 82).
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (39), Ribus (83).

Mavzuga oid