Pokiston elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Irfan Yusuf Shamini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, IHT, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda har ikki tomonning izchil sa'y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Pokiston munosabatlari deyarli barcha sohalarda yangi bosqichga ko‘tarildi.
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya va boshqa birgalikdagi institutlar faoliyatiga yangi sur'at berishdan manfaatdorlik izhor etildi.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Elchi, o‘z navbatida, Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
14:10 / 10.09.2024