O‘zbekiston | 11:04 / 09.11.2019
7048
6 daqiqa o‘qiladi

Yuk avtotransportida xalqaro yuk tashish turini aniqlash mezonlari belgilandi

Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining “Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibiga ko‘ra, yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar ikki tomonlama tashishlar deb e'tirof etiladi:

a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan davlat aynan bir davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan hollarda;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat O‘zbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan davlat aynan bir davlat bo‘lgan hollarda;

v) O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat xorijiy davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan hollarda;

g) O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat O‘zbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, xorijiy davlat bo‘lgan hollarda.

Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar tranzit tashishlar deb e'tirof etiladi:

a) bir xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda;

b) bir xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda.

Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga tashishlar deb e'tirof etiladi:

a) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa xorijiy davlat hududidan yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq yukni jo‘natuvchining davlati hamda avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat — xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan davlat hisoblanmaganda, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan hollarda;

b) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi O‘zbekiston Respublikasi hududidan boshqa xorijiy davlat hududiga yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat O‘zbekiston Respublikasi hisoblanib, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan davlat — avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat bo‘lmagan hollarda.

Avtomobilda xalqaro yuk tashish turini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Transport vazirligining mas'ul xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun talab etiladigan O‘zbekiston ruxsatnomasi, yukxati va boshqa hujjatlar mas'ul xodimga amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turini belgilash uchun taqdim etiladi.

Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi taqdim etgan yukxati, O‘zbekiston ruxsatnomasida qayd etilgan ma'lumotlar mas'ul xodim tomonidan, zarurat bo‘lganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘rganilib, mazkur mezonlar va tartibga asosan avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turi belgilanadi hamda shu vaqtning o‘zida taqdim etilgan hujjatlarga bu haqda belgi qo‘yiladi.

Xalqaro yuk tashishning turi belgilanganidan so‘ng, yuk avtotransport vositasi haydovchisiga tegishli hujjatlar qaytarib beriladi.

Mavzuga oid