Loyihaga köra, amaldagi qoidalar nomi ham özgarişi mumkin. Xususan, unda “limit kitobçalari” atamasini çiqarib taşlaş va hujjat nomini “Ruxsatnomalar va tarqatiş varaqalari böyiça avtotransport vositalariga yonilği quyiş uçun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni beriş qoidalari” deb belgilaş taklif etilmoqda.
Şuningdek, ruxsatnoma va tarqatiş varaqalarini tayyorlaş, saqlaş va rasmiylaştiriş tartiblari qayta körib çiqilmoqda. Ular mahsulot yetkazib beruvçilar tomonidan tipografiya usulida tayyorlanişi, qabul qilinişi va qat’iy hisobda yuritilişi nazarda tutilgan.
Yangi tartibda neft mahsulotlari va gazni beriş mahsulot yetkazib beruvçi hamda iste’molçi örtasidagi şartnoma, tölov hujjatlarining elektron nusxalari va işonçnoma asosida amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Loyihada “tarqatiş vedomosti” atamasini “tarqatiş varaqasi” bilan almaştiriş, ayrim ortiqça hujjat şakllarini bekor qiliş, şuningdek, yonilği quyiş şoxobçalarida hisob-kitob va hujjat yuritişni aniqlaştiriş taklif etilgan.
Bundan taşqari, xizmat safaridagi avtotransport vositalari uçun neft mahsulotlari va gazni korporativ kartalar orqali oliş tartibi ham qayta belgilanmoqda. Bunda yöl varaqasi, xizmat safari buyruği va şartnoma nusxasi asosiy hujjatlar sifatida körsatilgan.
Şu bilan birga, yonilği quyiş şoxobçalarida berilgan mahsulotlar böyiça har oy yakunida mahsulot yetkazib beruvçi va iste’molçi örtasida özaro hisob-kitob dalolatnomasi tuzilişi belgilanmoqda.
Mazkur özgartişlar yonilği beriş jarayonida hujjat aylanmasini tartibga soliş, hisob-kitoblarni şaffoflaştiriş va amaliyotni zamonaviy talablarga moslaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















