Jamiyat | 10:42 / 11.11.2019
17414
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya xodimlari Farg‘onada qonunbuzarlarni qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha surishtiruv bo‘limi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamkorligida tadbirlar o‘tkazilgan.

«Postda» nashrining yozishicha, uning natijasida fuqaro H.M. Farg‘ona shahar Gulzor mahallasi hududida fuqaro U.M.ga chet elda ishlab chiqarilgan salkam 5800 dona pirotexnika vositasini 2200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Qo‘shtepa tumanida ham bir guruh qonunbuzarlarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Tumanning Shahartepa mahallasi hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro J.M. va I.N. fuqaro U.U.ga 23 million so‘mga chet elda ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtda ushlandi.

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda Milliy gvardiya surishtiruv bo‘linmalari tomonidan aholi o‘rtasida pirotexnika buyumlari va ularning inson salomatligiga salbiy ta'siri, amaldagi qonunchilikka ko‘ra pirotexnika vositalarini olib kirish, saqlash va sotish bilan shug‘ullangan fuqarolarga ma'muriy javobgarlikdan tortib jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi muqarrarligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid