Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kembrij lug‘ati yil so‘zini tanladi
Kembrij lug‘ati foydalanuvchilar so‘rovlariga ko‘ra 2019 yil so‘zini tanladi. Bu so‘z «upcycling» so‘zi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, u eski narsalarni qayta ishlash yordamida yangilarini ishlab chiqarishni anglatadi.
Ushbu so‘z onlayn-lug‘atda 2011 yilda paydo bo‘lgan va hozirga qadar uning tez-tez qo‘llanishi darajasi 181 foizga oshgan.
“Upcycling”ni sanoat ko‘lamida emas, maishiy ko‘lamda “qayta ishlash” deb tarjima qilish mumkin. Bu eski buyumlar yoki chiqindilardan mebel, kiyim-kechak va boshqa buyumlarning tayyorlanishidir.
“Biz upcycling negizida yotgan g‘oya odamlarni ushbu so‘zning o‘zidan ko‘proq jalb qiladi, deb hisoblaymiz. Iqlimning tobora avj olayotgan o‘zgarishini to‘xtatishning iloji yo‘qdek. Biroq utillashtirish inson qo‘lidan keladigan va vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan aniq harakatdir”, deb aytgan Kembrij lug‘ati nashriyot bo‘limi rahbari Vendalin Nikols.
Yil so‘ziga shuningdek “carbon sink” – “uglerod yutuvchisi” (masalan, katta miqdorda uglerodni qayta ishlab, issiqxona effektini kamaytiruvchi o‘rmon massivi), “compostable” – “bioparchalanuvchi material”, “preservation” – “tabiiy majmualarni saqlash” so‘zlari ham da'vogarlik qilgan.
Avvalroq ingliz tilining izohli lug‘ati Collins English Dictionary climate strike, ya'ni “iqlimiy zabastovka” iborasini yil so‘zi deb topgandi.
Mavzuga oid
00:12 / 28.03.2025
Kembrijda qirol Artur haqidagi afsonalar yozilgan qo‘lyozma parchasi rasshifrovka qilindi
10:15 / 02.11.2024
Collins lug‘ati “brat”ni yil so‘zi deb e’lon qildi. Uning ma’nosi nima?
12:26 / 16.11.2023
2023 yil uchun tanlangan “yil so‘zlari” sun’iy intellektga aloqador bo‘lmoqda
19:15 / 29.11.2022