O‘zbekiston | 13:40 / 13.11.2019
22394
2 daqiqa o‘qiladi

Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 12 noyabrdagi PQ-4517-sonli qarori bilan Olimjon Alijonovich To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.

O. To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirligida boshqarma boshlig‘i va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Olimjon To‘ychiyev 1991 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasi va 2017 yili mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Germaniyaning Hofenhaym universitetida ham tahsil olgan.

Shuningdek, u 2013 yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o‘zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirish yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

2017 yil Olimjon To‘ychiyev “Kamolot” YoIH qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid