Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Turistik brend elchilari xalqaro forumi o‘tkaziladi
Joriy yilning 13 noyabr kuni o‘z ishini boshlaydigan “Ipak yo‘lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xalqaro forumda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi turistik brend elchisi – mashhur aktyor Yuriy Stoyanov, Isroildagi turistik brend elchisi – taniqli aktyor, “Xanda” teatri badiiy rahbari Xay Davidov, Qozog‘istondan – Lazzat Axanova hamda Buyuk Britaniyadan – nufuzli marketolog Sofi Ibbotson ishtirok etadi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhim choralardan biri xorijiy mamlakatlarda turistik brend elchilari institutining joriy qilinishi bo‘ldi.
Shu kunga qadar o‘z mamlakatlarida taniqli bo‘lgan shaxslar, jamoat arboblari turistik brend elchilari maqomini qo‘lga kiritishgan.
Elchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston turistik salohiyatini targ‘ib qilish hamda respublikaning tanilishini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston turistik brend elchilari xalqaro forumi mamlakatda birinchi marta o‘tkazilayotgani bilan ham ahamiyatli ekani aytiladi.
Shu kunga qadar O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi turistik brendlari soni 14 nafarni tashkil qiladi:
Rossiya – Yuriy Stoyanov;
Isroil – Xay Davidov;
Qozog‘iston – Lazzat Axanova;
Buyuk Britaniya – Sofi Ibbotson;
Pokiston – Qosim Ali-Shox;
Avstriya – Gertruda Tauxammer;
Indoneziya – Eko Sri Margianti;
Malayziya – Daler Yusuf;
Hindiston – Ritu Beri;
Koreya Respublikasi – Li Yeng Ye;
Malayziya – Mohd Asri Zain-ul Abidin;
Singapur – Fillip Tan Yeng Seong;
Yaponiya – Atsuko Mayeda;
Fransiya – Jyerar Deparde.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
17:36 / 05.06.2026