Jamiyat | 13:58 / 15.11.2019
44127
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda o‘smirlar o‘zbekistonlik migrantni shafqatsizlarcha kaltaklashdi

Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga bosqinchilik bilan hujum qilish bo‘yicha tergov ishi doirasida uch nafar yosh yigitdan iborat guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi xabar qildi.

Leningrad oblastida 2000, 2001 va 2003 yilda tug‘ilgan uch nafar shaxs ushlandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 2019 yil 11 noyabr kuni kechqurun 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilishgan.

O‘smirlar ballonchadan qo‘zg‘atuvchi moddani muhojirning yuziga sepishgan, «keyin uni shafqatsizlarcha kaltaklashgan, pichoq bilan kamida besh marta zarba berishgan, boshiga hamda tanasiga ko‘plab jarohatlar yetkazib, sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltirib chiqarishgan», - deyiladi mahkama xabarida.

Gumondorlar jabrlanuvchining shaxsiy buyumlarini ham o‘g‘irlashgan. Jinoiy ish Rossiya jinoyat kodeksining 162-moddasi («Bosqinchilik») 4-qismi «v» bandi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi shaxslarni hibsga olish va ularga ayblov qo‘yish masalasi hal qilinmoqda.

Mavzuga oid