Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tadbirlar vaqtida ayrim ko‘chalardagi harakatlanish vaqtincha cheklanadi.
17 noyabrda:
Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy otliqlar otryadlarining O‘zbekiston davlat bayrog‘i marshi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 11:00dan soat 12:00gacha A.Temur xiyoboni aylanma yo‘li; Amir Temur shoh ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab Furqat va Bunyodkor ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;

Havaskor velosportchilar uyushmasi va ko‘ngillilar ishtirokida Yashnobod tumanidagi flagshtok o‘rnatilgan maydondan Xalqlar do‘stligi maydonigacha bo‘lgan masofada velosportchilarning O‘zbekiston davlat bayrog‘i marshi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 11:00 dan 12:00 gacha Maxtumquli va Yangi bozor ko‘chalari kesishmasidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Movaraunnahr ko‘chasigacha bo‘lgan qismi; Movaraunnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Abay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi; Abay ko‘chasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Davlat bayrog‘i – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan “Humo arena” muz saroyigacha bo‘lgan oraliqda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 15:00 dan 17:00 gacha Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Oybek va Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasiga bo‘lgan qismi; Beshyog‘och ko‘chasidan “Humo arena” muz saroyigacha bo‘lgan qismi.

Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026