Jamiyat | 11:56 / 15.11.2019
5712
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilyapti.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 2019 yilning 15 noyabridan 22 noyabr kuniga qadar vaqtincha yopiladi. 

Avtotransport vositalarining harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi. 

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid