O‘zbekiston | 09:05 / 16.11.2019
6282
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburgga boradi 

Foto: KUN.UZ

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) kengashi raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22 noyabr kunlari Tanzila Norboyeva rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida delegatsiya MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginchi yalpi majlisida ishtirok etadi.    

Shuningdek tashrif doirasida “Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish” davra suhbati majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid