Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQSh harbiylariga to‘lovni oshirishdan bosh tortdi
Foto: AQSh mudofaa vazirligi
Yaponiya AQShning mamlakatdagi harbiy kontingentini saqlash sarf-xarajatlarini oshirish talabiga rad javobi berdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallagan Jon Bolton Yaponiyaga tashrifi vaqtida Tokiodan amerikalik harbiylarga to‘lovni 5 marta oshirishni talab qilgan, biroq Yaponiya bunga rad javobini bergan. 2019 yilda AQShning Yaponiyadagi qo‘shinlarini saqlash sarf-xarajatlari 197,4 milliard iyenni (1,82 mlrd dollar) tashkil qilgan. Shu tariqa, AQSh o‘z harbiylari uchun sarf-xarajatlarning 980 mlrd iyengacha (9 mlrd dollar) oshirilishini talab qilgan.
Yaponiya bunga shundoq ham AQShning barcha ittifoqdoshlaridan ko‘ra ko‘proq pul to‘layotgani bilan javob qilgan va talabni “noreal” deb atagan.
2021 yil martida AQSh harbiylarining Yaponiyada saqlanishi sarf-xarajatlari to‘g‘risida ikki tomonlama kelishuv muddati yakunlanadi. Bu sana yaqinlashgani sari, bu masala borasidagi muzokaralar tobora o‘tkirlashib bormoqda.
Ta'kidlanishicha, iyulda Bolton Yaponiyaga tashrifi vaqtida 50 ming amerikalik harbiyni saqlash uchun xarajatlarni 4 marta, ya'ni 8 mlrd dollargacha oshirishni talab qilgan.
Bundan tashqari, Bolton amerikalik harbiylarni saqlash xarajatlarini oshirish talabini Janubiy Koreyaga ham qo‘ygan. Seulga 28,5 ming amerikalik harbiyning Janubiy Koreyada qolishini uzaytirish uchun xarajatlarni 5 marta oshirish taklif qilingan.
Mavzuga oid
11:13
AQShda federal qatl jazosi otib o‘ldirish orqali qayta tiklanmoqda
10:28
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50 / 24.04.2026