Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan ekstraditsiya qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarosi oliy ta'lim muassasalariga kiritib qo‘yishini aytib, firibgarlik sodir etgani uchun Rossiyadan ekstraditsiya qilinmoqda.
Rossiya nazorat organining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘z tanishlari va boshqalarning yordami bilan O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik va ishonchni suiiste'mol qilgan holda, to‘rt kishining jami 21 ming dollarini qo‘lga kiritgan.
Saratov oblasti firibgarlik va pora berishga undashda ayblangan shaxsni O‘zbekiston Respublikasiga topshirish niyatida. Bu haqda oblast prokuraturasi xabar berdi, uning xodimlari ekstraditsiya tekshiruvini o‘tkazdilar.
1979 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘zbekiston o‘quv yurtlariga kirishga yordam berish bahonasi bilan birovning mulkini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Nazorat organining ma'lumotiga ko‘ra, u o‘z tanishlari va boshqa shaxslarning yordami bilan aldash va ishonchni suiiste'mol qilish orqali to‘rt kishining jami 21 ming AQSh dollarini egallab olgan.
Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Jazoni ijro etish xizmati organlari fuqaroni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga topshirishni tashkillashtirmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026