Saylovlar- demokratiya ko‘zgusi
Joriy yilning 15 noyabr kuni “Namangan XETK” AJning majlislar zalida jamiyatning xizmat va bo‘limlari, Namangan shahar va tumanlar elektr ta'minoti korxonalarining boshliqlari, muhandis-texnik va ishchi xodimlari ishtirokida “Saylovlar-demokratiya ko‘zgusi” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Namangan viloyat Markaziy saylov komissiyasining vakili Otabek Yo‘ldashev, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Markazi Namangan hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Azamat Nomonovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar tartibidagi yangiliklar xususida ma'lumot berdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tobora yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayonda korxona xodimlarining faol ishtirok etishlari va ularning siyosiy bilim saviyalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda, butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilgani, saylov uchastkalari haqida ma'lumotlar bir bazada jamlangani, saylov bilan bog‘liq barcha savollarga qulay tarzda javob olishlari mumkinligi, saylov komissiyasi a'zolari maxsus tayyorgarlikdan o‘tganliklari, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun sharoitlar yaratilgani, halqaro matbuot markazi ishga tushirilgani, jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslar ham saylovda ishtirok etishlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu yilda bo‘lib o‘tadigan saylov “Yangi O‘zbekiston-Yangi Saylov” shiori ostida, oshkoralik prinsiplari asosida, ko‘tarinki ruhda, halqaro andozalar asosida bo‘lib o‘tishi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgani ta'kidlandi.
Shuningdek yig‘ilishda OAV vakillari, xususan, Namangan viloyat televideniyesi, “Namangan haqiqati” gazetasining muxbirlari ishtirok etdilar.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
19:01 / 03.09.2024