Jamiyat | 11:30 / 20.11.2019
27357
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» Qamchiq dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

2019 yil 21-25 noyabr kunlari A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor yog‘adi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dovonda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilyapti.

Shuningdek, ma'lumotda aytilishicha, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin.

«Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayadi, shamol sekundiga 17-22 m/s tezlikda esadi. 21-23 noyabrda harorat 3-5 daraja sovuqqacha, 24-25 noyabrda 8-13 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston hududiga 21-24 noyabrda Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid