Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Hindistonga 1 mlrd dollarlik artilleriya tizimlari yetkazib beradi
AQSh davlat departamenti Hindiston harbiy-dengiz kuchlariga 1 mlrd dollarlik 13 ta Mk-45 artilleriya qurilmasi, o‘q-dori va tegishli jihozlar sotilishini ma'qulladi. Bu haqda AQSh mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik agentligi ma'lum qildi.
Hindiston Vashington Mk-45 tizimini sotishga qaror qilgan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘ldi. AQSh avvalroq bu tizimni Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga sotgan. Hindistondan tashqari, Kanada va Buyuk Britaniyaga ushbu tizimni yetkazib berish rejalashtirilgan.
Qo‘shma Shtatlar 2007 yildan buyon Hindistonga 17 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berdi.
Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti ma'lumotlariga ko‘ra, Hindiston 2018 yilda qurol-yarog‘ importi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026