Sport | 01:39 / 21.11.2019
64395
2 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

Dog‘istonlik taniqli MMA jangchisi Habib Nurmagomedov 21 noyabrga o‘tar kechasi Toshkentga keldi. 

Yengil vaznda UFC chempioni O‘zbekistondagi ilk MMA musobaqasi - GFC-20 turnirining faxriy mehmoni bo‘ladi. 

Habibdan bir necha soat oldin uning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham o‘z jamoasi bilan Toshkentga yetib kelgan edi. 

Umar shanba kuni GFC kamari uchun argentinalik Brayn Gonsalesga qarshi jang qiladi. 

Umuman, Gorilla Fighting Championship'ning 20-seriyasida jami 26 sportchi qatnashadi,  ulardan 8 nafari – o‘zbekistonlik jangchilar. 

13ta jangdan iborat turnir Toshkentdagi «Humo» arenasida o‘tkaziladi. Bahslar shanba oqshomida,  soat 18:00da boshlanishi belgilangan. 

«Tashkent city»dagi Kongress-hollda 21 noyabr kuni matbuot anjumani, 22 noyabrda ishtirokchilarning vazn o‘lchash tadbiri katta shou shaklida tashkil etiladi. 

Turnir uchun chiptalar narxi 30 mingdan 300 minggacha,  vazn o‘lchash marosimi chiptalari esa 30-90 ming so‘m oralig‘ida belgilangan.  Chiptalarni iticket.uz saytida sotib olish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston aralash jang san'ati federatsiyasi ochilgan, unga Otabek Umarov prezident etib saylangan edi.

Bundan oldin, Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochish niyatida ekanini aytgandi.

Mavzuga oid