Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz» (video)

Foto: TASS / Demyanchuk Aleksandr
MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san'ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz.
O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.
Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma'lum qildi.
«Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.
[Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi», – dedi dog‘istonlik jangchi.
Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
-
Yevropa Ittifoqining 16 davlati mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi
Jahon | 12:15
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
O‘zbekiston | 11:44
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV

21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi

19:55 / 01.07.2024