Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mozori-Sharif - Toshkent» yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afg‘oniston) O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi aviatsiya ma'muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasini Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining huquq va xalqaro shartnomalar departamenti direktori Xalilulloh Abaviy qabul qildi.
Muzokaralar davomida aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha konstruktiv fikr almashildi, shuningdek, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlarni ko‘paytirish hamda tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha Mozori-Sharif shahridan Toshkentga parvozlarni boshlash uchun huquqiy asos hisoblangan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Afg‘on tomoni “Kam Eyr” aviakompaniyasi tegishli tashkiliy-texnik tartibotlar yakuniga yetgandan so‘ng Mozori-Sharif shahridan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun tayyorligini bildirdi (taxminan joriy yilning dekabr oyida), deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
18:11 / 12.06.2026