Jahon | 14:28 / 22.11.2019
12916
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lanka prezidenti ikki akasini beshta vazirlikka rahbar etib tayinladi 

Maxinda Rajapaksa va Gotabaya Rajapaksa

Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa akasi, bosh vazir Maxinda Rajapaksani mamlakat vaqtinchalik hukumatida to‘rtta vazirlikka rahbar etib tayinladi. Bu haqda News First telekanali xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, Maxinda Rajapaksa navbatdagi saylovlarga qadar moliyaviy va iqtisodiy rejalashtirish, buddizm ishlari va Vayamba regionini rivojlantirish, shaharsozlik va suv ta'minoti hamda madaniyat vazirliklarini boshqaradi.  

Maxinda Rajapaksa 2005 yildan 2015 yilgacha Shri-Lanka prezidenti bo‘lgan.

O‘z navbatida, prezidentning yana bir akasi Chamal Rajapaksa vaqtincha qishloq xo‘jaligi va ichki savdo vaziri vazifasini bajaradi.

O‘tgan haftada Shri-Lankada prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 52,25 foiz ovoz bilan Gotabaya Rajapaksa g‘olib bo‘ldi. U ilgari mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid