Jahon | 19:30 / 22.11.2019
7635
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Xitoy bilan teng shartlarda savdo kelishuvi tuzilmasligini aytdi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvi teng shartlarda tuzilishi mumkin emas. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Men XXR raisi Si Tszinpinga kelishuv teng shartlarda tuzilishi mumkin emasligini aytdim", - dedi u Fox News telekanali orqali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama savdoda muvozanat bo‘lmagan – Pekin yiliga 500 mlrd dollarga yaqin foyda ko‘rgan. 

Shu bois Tramp Xitoy rahbarining teng shartlardagi kelishuv to‘g‘risida aytgan gaplari unga yoqmasligini qo‘shib qo‘ydi.

Mavzuga oid