Jamiyat | 22:25 / 24.11.2019
6492
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz tanqididan so‘ng: Urganch shahri Jayhun ko‘chasidagi uyning tomi ta'mirlandi

Foto: Urganch shahar hokimligi

Kun.uz sentabr oyida Xorazm viloyati Urganch shahri Jayhun ko‘chasidagi 42-uyning tom qismidagi ta'mirlash ishlari chala qoldirib ketilgani haqida maqola e'lon qilgan edi.

Urganch shahar hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, ta'mirlash ishlari bo‘yicha muammolar nimada ekanligi aniqlanib, ularni bartaraf qilish uchun zarur choralar ko‘rilgan.

Foto: Urganch shahar hokimligi

«42-uyning tom qismidagi ta'mirlash ishlari sovuq, yomg‘ir, qorli kunlardan oldin yakunlandi.

Shuningdek, Urganch shahridagi xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yana bir marta nazoratga olinib, kamchiliklar bartaraf qilindi. Sovuq kunlar oldidan Jayhun ko‘chasi 42-uyda istiqomat qilayotgan aholi ham ta'mirlash ishlari yakunlanganidan xursand bo‘lishdi», deyiladi Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarda.

Foto: Urganch shahar hokimligi
Foto: Urganch shahar hokimligi

Mavzuga oid