O‘zbekiston | 22:22 / 24.11.2019
28698
2 daqiqa o‘qiladi

Orenburgdagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi halok bo‘lgan

Foto: Rossiya FVV

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 24 noyabr kuni Orenburg oblasti hududida, Orenburg-Oqbuloq trassasida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, bir nafar hamyurtimiz Orenburg oblasti klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, mikroavtobusda hammasi bo‘lib 8 kishi, jumladan O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi bo‘lgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Orenburg oblastida Moskva vaqti bilan soat 4:10da Orenburg-Oqbuloq avtomobil yo‘lining 15-kilometrida, Chistiy posyolkasi yaqinida ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan Hyundai mikroavtobusi va Scania yuk mashinasi to‘qnashuvi yuz bergani, buning oqibatida 6 kishi, jumladan, mikroavtobus haydovchisi va 6 yoshli bola halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid