Moliya vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Moliya vazirining buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Zokir Abdullayevich Bozorov tayinlandi.
Zokir Bozorov 1982 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa solish mutaxassisligini tamomlagan.
U Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Uy-joy va kommunal xo‘jaligini moliyaviy tartibga solish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, moliya vazirining buyrug‘i bilan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga Nodirjon Izzatullayevich Nuriddinov tayinlandi.
Nodir Nuriddinov 1979 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2011 yilda Manchester metropolitan universitetining menejment iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan.
U Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta'minlash Departamenti Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyaviy tartibga solish boshqarmasi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi, Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta'minlash Departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
20:53 / 07.09.2024
Samarasiz deb topilgan shifoxonalar, parklar, stadionlar va boshqa obektlar xususiy sektorga berilishi mumkin
15:07 / 01.03.2024
“Bu borada eng muvaffaqiyatli mamlakatlardan birimiz” - Odilbek Isoqov davlat-xususiy sheriklik haqida
09:35 / 12.10.2023
O‘zbekistonda uchta vokzalni DXSh doirasida rivojlantirish rejalashtirilmoqda
18:18 / 12.09.2023