Jahon | 16:30 / 25.11.2019
4088
1 daqiqa o‘qiladi

Nursultonda Suriya bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi

Foto: REUTERS/Pavel Mikheyev

Nursultonda Suriya bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga BMT, Iordaniya, Livan va Iroq vakillari kuzatuvchilar sifatida taklif etildi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Oybek Smadiyarov ma'lum qildi.

Uning ma'lumot berishicha, Suriya bo‘yicha 14-xalqaro uchrashuv 10-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

"Unda kafil davlatlar: Eron, Rossiya va Turkiya, Suriya hukumati va Suriya qurolli muxolifati delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Kuzatuvchilar sifatida BMT, Iordaniya, Livan va Iroqning yuqori darajadagi vakillari qatnashadi", - dedi Smadiyarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nursultondagi uchrashuv kun tartibiga Suriyadagi siyosiy jarayonlarni tezlashtirish masalasi kiritilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid