O‘zbekiston | 13:01 / 25.11.2019
64012
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: KUN.UZ

Dam olish kunlarida yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchiliklar, “birinchi qor”dan keyin, bugun mamlakat hududida ob-havo yog‘inlarsiz va kambulutlidir. 

“O‘zgidromet”ning yozishicha, bunday holat nam havo oqimlarining Ural tomondan respublikaga kirgan juda sovuq antitsiklon  bilan o‘rin almashishi bilan bog‘liq. Kunduzgi harorat 0 darajadan oshmaydi.

Qayd etilishicha, ertaga antitsiklon ta'siri kuchayadi. Natijada tungi harorat 6-8 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda esa 10-12 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni 3 darajagacha ilitadi. 

Keyingi kunlarda antitsiklon Qozog‘istonning shimoli-sharqiy qismi tomon harakatlanib, ta'sirini kamaytiradi. 

Haftaning juma kuniga kelib tungi sovuq 0-5 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi havo harorati 5-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid