Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro tumanida na'matak yetishtirish va qayta ishlash kompleksi ishga tushadi
Buxoro viloyat hokimligi tomonidan har chorshanba kunlari o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi «Investorlar kuni»da 206 mlrd 109 mln so‘mlik 18 loyihaning taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu loyihalar ishga tushishi asnosida 650dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Buxoro tumani «So‘fikorgar» MFYda «Shuhrat» fermer xo‘jaligi o‘ziga xos tashabbus — na'matak yetishtirish va uning hosilini qayta ishlash bilan chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
— O‘rganishlarimizga binoan bir mavsumda 18 gektarda na'matak hosilini yetishtirganda, yiliga 400 tonnagacha xomashyoni qayta ishlash, 30 kishini ish bilan ta'minlash imkoni paydo bo‘lar ekan, — deydi yosh tadbirkor G‘olib Rahmatov. — Loyihamiz bank tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, uni amalga oshirish uchun shaxsiy jamg‘armamiz hisobidan 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ tikishga tayyormiz.
Bundan tashqari, Qorako‘l tumani, «Xo‘jalar» MFYda «GURIPLIK TEKSTIL» O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi negizida paxta tolasini yigirish, akril voloknosidan kalava ip, birlamchi yarim tayyor mato ishlab chiqarish loyihasi yaqin bir yilda amalga oshiriladi. Qardosh davlat hamkorlari korxonani 2021 yil uchinchi choragida to‘liq ishga tushirish uchun 5 mln AQSh dollari qiymatida investitsiya kiritish taraddudida.
Turkiya davlatining yana bir «MMM ERBA MAKINA SAN.VETIC A.S» kompaniyasi sarmoyadorlari bilan hamkorlikda Kogon shahridagi «Konchi» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona negizida qurilish obektlari uchun quruq aralashmalar-shtukaturka, suvoq xomashyosi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bir yil istiqbolida qurib foydalanishga topshiriladigan korxona yiliga 120 ming tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish imkoniga ega bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 25 foizini chet elga eksport qilish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
14:26 / 15.05.2026