Jahon | 16:50 / 27.11.2019
8779
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada ichida uch tonna kokain bo‘lgan suvosti qayig‘i yuqoriga chiqarildi

Foto: EFE

Ispaniyada bortida uch tonna kokain bilan ushlangan suvosti qayig‘i bir necha urinishlardan so‘ng yuqoriga chiqarildi va Aldan shahri portiga olib kelindi. Bu haqda 20 minutos nashri xabar berdi.

Avvalroq Kangas munitsipalitetidagi daryoning dengizga quyilish joyida Janubiy Amerikadan kelgan uzunligi 20 metrli suvosti qayig‘i aniqlangandi. Ekpiajning ikki a'zosi qo‘lga olingan, yana biri qochishga ulgurgandi.  

Suvosti qayig‘i ikkita ulkan kran yordamida suv ostidan chiqarib olindi.  

La Voz de Galicia gazetasining yozishicha, u Surinam, Gayana yoki Braziliyada qurilgan va uch haftacha avval Ispaniya tomon yo‘lga chiqqan.  

Europa Press agentligining ma'lumot berishicha, ekipajning qo‘lga olingan a'zolari panjara ortiga jo‘natilgan. Ularga giyohvandlik moddasi tarqatish ayblovi qo‘yilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid