O‘zbekiston | 09:09 / 29.11.2019
16375
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga keldi
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bugun, 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024