Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi
Oliy Majlis Senati Yalpi majlisi davomida senatorlar “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildilar.
Qayd etilganidek, Qonun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019 yil 21 maydagi farmonidan kelib chiqib, shuningdek qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqildi. Qonun O‘zbekiston Respublikasining 25 ta qonuni, 12 ta kodeksi, shuningdek qonunlar bilan tasdiqlangan 17 ta nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Navbatdagi muhokama mavzusi “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo‘ldi.
Qonunning maqsadi bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatni ta'minlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishdan iborat. Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga va Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Masalan, yangi normalarda voyaga yetmaganlar, o‘zining jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy buzilishlari tufayli himoyalanish uchun huquqlardan foydalanishda qiyinchilik his qilayotgan shaxslar bo‘yicha himoyachini rad etishga yo‘l qo‘ymaslik nazarda tutilyapti.
Mazkur qonun ham senatorlar tomonidan ma'qullandi.
So‘ng Senat a'zolari “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.
Qonunning maqsadi tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish orqali korrupsiya omillarining oldini olishdir. Qonun O‘zbekiston Respublikasining 5 ta qonuni va 2 ta kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Jumladan, Fuqarolik kodeksiga faoliyat ruxsatnomasisiz (litsenziyasiz) yoki qonunda taqiqlangan holda amalga oshirilgan taqdirda, sudning qaroriga ko‘ra yuridik shaxsni tugatish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilyapti.
Senatorlar Qonunni ma'qulladi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026