Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi aviahalokat 9 kishining umriga zomin bo‘ldi
30 noyabrda AQShning Janubiy Dakota shtatida yengil motorli samolyot Pilatus PC-12 bilan yuz bergan aviahalokatda 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda KSFY telekanali xabar berdi.
Aviahalokat mahalliy vaqt bilan soat 12:30da, samolyot Chemberlen shahridagi aeroportdan havoga ko‘tarilgach yuz bergan.
Aydaxo-Folsga yo‘nalayotgan samolyotda hammasi bo‘lib 12 kishi bo‘lgan. Qurbonlar orasida uchuvchi va ikki bola bor, yana 3 kishi jarohatlangan.
Halokat sabablari ma'lum qilinmagan, biroq mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, halokat vaqtida hududda qor bo‘roni haqida ogohlantirish amal qilgan.
Mavzuga oid
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026