Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyadagi neftni AQSh o‘zi xohlaganidek tasarruf qilishini aytdi
AQSh IShID terrorchi guruhini yengish uchun Suriyadagi neft konlari ustidan nazorat o‘rnatdi va endilikda bu neftni o‘zi xohlaganidek tasarruf qilishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvidan so‘ng aytdi.
"IShID neft ustidan nazoratni saqlashga uringandi: endi esa biz to‘liq nazorat qilmoqdamiz. Ochig‘ini aytganda, biz ko‘plab turli insonlarning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanmoqdamiz. Bu hududda harbiylarimiz neftni qo‘riqlash uchungina qolgan. Neft bizda va biz uni istaganimizdek tasarruf etishimiz mumkin", - dedi Tramp.
Avvalroq AQSh Suriya shimoli-sharqidagi Rumeylan tumanidagi neft konlari yaqiniga jangovar texnikasini joylashtirgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026