Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalarga aloqador qonun loyihasi qayta nomlandi
Bugungi kunda mamlakatda investitsiya munosabatlarini tartibga solish turli soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan amalga oshirilib kelmoqda. Bunday amaliyot investitsiya sohasining rivojiga to‘siq bo‘lyapti, deyiladi parlament saytida.
Qayd etilishicha, qonunosti hujjatlarining ko‘pligi ayrim hollarda sohadagi qonunchilik mantig‘ining buzilishiga va huquqiy qarama-qarshiliklarga (kolliziyaga) olib kelmoqda.
Bunday kamchiliklarni bartaraf etish, sohani yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, birinchi o‘qishda qabul qilingan edi.
Ayni kunlarda mazkur qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan ikkinchi o‘qish oldidan keng muhokama etilib, takomillashtirilmoqda. Mazkur jarayonlarda loyihaning nomlanishi uning mazmunidan kelib chiqib, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi deb qayta nomlandi. Shuningdek, havolaki normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritilmoqda.
Investitsiya faoliyatining asosiy tamoyillariga tegishli moddalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘rsatilgan asosiy tamoyillarning mazmunini ochib beruvchi alohida moddalar (misol uchun, 6-modda “Investitsiya faoliyatini amalga oshirish shartlarning barqarorligi tamoyili” 19-moddaga, 9-modda “Investorlarni tahqirlashga (diskriminatsiyaga) yo‘l qo‘ymaslik tamoyili” 15-moddaga) qonun loyihasining tegishli moddalariga o‘tkazilyapti.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026