Jahon | 08:37 / 05.12.2019
6302
1 daqiqa o‘qiladi

Mavritaniya sohillari yaqinida 57 nafar muhojir halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Anna Surinyach

Mavritaniya sohillari yaqinida qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida kamida 57 nafar noqonuniy muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Mavritaniyaning AMI axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, bortida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq Ispaniya tomon yo‘nalayotganda shikastlanishi natijasida Mavritaniyaning Nuadibu shahridan 25 km uzoqlikda cho‘kib ketgan. Qutqaruv amaliyoti vaqtida suvdan 57 kishining jasadi chiqarib olingan, 74 kishi qutqarilgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Gambiyadan kelayotgan qayiqda 150 kishi bo‘lgan, ulardan 83 nafari tirik qolgan.

Mavzuga oid