O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ikki yoshli farzandi bilan Mavritaniya hududida qiyin ahvolga tushib qolgan va hujjatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Fuqaroning murojaati bo‘yicha elchixona xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Qisqa vaqt ichida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ona va bolani vatanga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, elchixona tomonidan Misrdan Mavritaniyaga hujjatlarni yetkazib berish ishlari tashkil etildi. Bu esa ona va bolaning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishiga imkon berdi.