Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mavritaniya sohillari yaqinida 57 nafar muhojir halok bo‘ldi
Mavritaniya sohillari yaqinida qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida kamida 57 nafar noqonuniy muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Mavritaniyaning AMI axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bortida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq Ispaniya tomon yo‘nalayotganda shikastlanishi natijasida Mavritaniyaning Nuadibu shahridan 25 km uzoqlikda cho‘kib ketgan. Qutqaruv amaliyoti vaqtida suvdan 57 kishining jasadi chiqarib olingan, 74 kishi qutqarilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Gambiyadan kelayotgan qayiqda 150 kishi bo‘lgan, ulardan 83 nafari tirik qolgan.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
09:07 / 14.05.2026
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
13:56 / 09.03.2026
O‘zbekiston elchixonasi Mavritaniyada qolib ketgan fuqarolarga yordam berdi
09:05 / 21.01.2026